iks
ads

Islom Ismoilov: "Istalgan yuklamadan 72 soatga tiklanish mumkin, ammo ruhiy holat ancha vaqt talab qiladi. Yana bir sinov bizni kutyapti"

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 18:32
  • 575
  • 30

Elit OCHL 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Al Nassr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida farg'onaliklar ustozi Islom Ismoilov va futbolchi Farruh Sayfiev ishtirok etdi.

"Ertaga bizni yana bitta qiyin sinov kutyapti. "Al-Ittihod" Osiyoning kuchli jamoalaridan biri. Tarkibida juda ko'plab jahon yulduzlari bor. Lekin raqibni qanchalik hurmat qilsak, maydonda bo'lsa bor kuchimiz bilan o'z muxlislarimiz oldida chiroyli futbol va hujumkor futbol ko'rsatib, g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz", - deya gap boshladi Islom Ismoilov.

"Ertaga biz uchun muhim o'yin. O'yin oson kechmasligi aniq, haqiqiy to'qnashuv bo'ladi. Biz ishqibozlarimiz uchun ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deya gap boshladi Farruh Sayfiev.

- "Neftchi" ikki kun avvl Toshkentda markaziy tur uchrashuvini o'tkazgandi. O'shandan keyin siz aytib o'tdingizki, hozir jadval juda tig'iz, bu esa natijalarga ta’sir qilmoqda. Lekin shu yaqinda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yyelichich bilan gaplashgandim. Yelichich "Shaxsan menga bosh murabbiy sifatida, jamoam bir haftada har kuni mashg'ulot qilib bitta o'yin o'ynagandan ko'ra, mana shunaqa zich taqvimda o'ynagani yaxshi, menga masalan yoqyapti", deb aytgandi. Bu "Lokomotiv" sizlarga qarshi o'yindan oldin ro'y bergandi. Lekin zich taqvim ko'p murabbiylarning fikri bo'yicha ko'proq zarar keltiradi. Tiklanish kerak, keyingi o'yinga tayyorgarlik uchun vaqt kam va hokazo. Sizga qaysi biri qulayroq? Ko'proq bir haftada bitta o'yin o'ynaganmi yoki Mirko Yelichich fikriga qo'shilasizmi?

- Endi, bu yerda ikkinchi masala borki, jamoa o'zini oldiga qo'ygan shu musobaqalarda nima uchun kurashayotgani. Agar o'sha jamoada bosim bo'lmasa, shunchaki o'ynash kerak bo'lsa, natija yutadimi-yutqazadimi jamoaga hech qanaqa bosim tug'dirmaydigan bo'lsa, unda har kuni o'ynagani ham yaxshi. Lekin jamoa oldida har bitta o'yin shunaqa katta bosim turadigan bo'lsa, jamoa har bitta musobaqada g'oliblik uchun kurashadigan bo'lsa, unda bu holat qiyinchilik tug'diradi. Bu yerda baribir asosiy masala ruhiyatga borib taqaladi. Jismoniy holat - istalgan yuklamadan siz 72 soatda tiklanishingiz mumkin. Lekin ruhiy holat ancha vaqt talab qiladi. Shuning uchun, albatta, shu kungacha bu bo'yicha juda ko'p tajribalar qilishgan. Fiziologiyada ham, umuman bu tomonlardan barcha narsalar bor va normal holatda o'sha standart belgilangan: haftada bitta o'yin - bu aslida normal holat. Sababi, siz bitta uchrashuvdan keyingi uchrashuvgacha tayyorgarlik ko'ra olasiz, futbolchilar tiklana oladi va o'ylaymanki, eng normal holat.

Farruh Sayfievga savol

- Sizga qanaqa qulay bo'lardi? Har uch-to'rt kunda o'yin o'ynaganmi yoki bir haftada bitta...

- Endi futbolchi sifatida aytadigan bo'lsam, qancha ko'p o'ynasangiz, shuncha yaxshi. Endi u tarkibga ham, jarohatlarga ham bog'liq. Nechta o'yinchi jarohat olyapti yoki qancha o'yinchi jarohat olmayapti. Mening fikrim, qancha o'yin amaliyoti ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

- "An-Nasr" va "Paxtakor"ga qarshi o'yinda jamoangiz beshta himoyachi bilan o'ynagan edi. Ertaga ham shu uslubni qo'llaysizlarmi?

- Hamma narsa bo'lishi mumkin.

komandniy neftchi elit ittihod.jpg

Farruh Sayfievga savol

- Futbolchilarda kayfiyat qanaqa hozir, oxirgi g'alabalardan keyin?

- O'zi bizning jamoada, yutqazamizmi-yutqazmaymizmi, jamoada kayfiyat o'sha kollektivda har doim a'lo darajada bo'lib kelgan. Bundan keyin ham a'lo darajada bo'ladi.

- Islom aka, Elit Liga chempionlari uchun xarid qilingan uchta legioner holati qanaqa? Endi, masalan, har kuni mashg'ulot qilsa ham, ular jamoaga qo'shilib keta olishdimi? Sababi mashg'ulot qilaveradi, qilaveradi, lekin o'ynamaydi. Masalan, adashmasam, ular Toshkentga ham bormadi-a, "Paxtakor"ga qarshi o'yinga? Ularning hozirgi umumiy formasi qanday? Ruhiyat bilan muammo yo'qmi? Chunki bir oy mashg'ulot qilasiz, lekin bir oyda bitta o'yin o'nay olasiz.

- Xo'sh, ular yaxshi holatda. Chunki boshida ular ham o'zi bilgan, shunga rozi bo'lgan. Jamoa ham bu narsani o'rganib chiqib, mavsum oxiri o'yinlar ko'pligi va mavsumning eng yakuniy pallasiga kirayotganligimiz uchun, o'sha paytda uchta frontda kurash olib borishni hisobga olingan holatda bu futbolchilar jamoaga jalb qilingan. Bu bo'yicha ham juda ko'p aytib o'tdik. Oldimizda boshqa yo'l yo'q. Endi, albatta, ular safar o'yinlariga bormaydi. Bu yerda alohida ularga murabbiy biriktiriladi, ular bilan reja bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. Hozir nima ham qilardik, boshqa yo'l yo'q. Faqat ularni mashg'ulotlar orqali tonusda ushlab turamiz. Endi FIFA kunlarida o'rtoqlik uchrashuvlarida o'ynashlari mumkin. O'tgan FIFA kunlarida ham o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazganmiz, ular o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishgandi. Shu orqali ularni yaxshi sport formasida ushlab tura olamiz.

- Zoran Marushich "Paxtakor" bilan o'yinda jarohat olindi. Hozirgi holati qanaqa, ertangi o'yinda tusha oladimi?

- Endi hozir tibbiy tekshiruvlar, davolanish jarayoni davom etyapti. Bu bo'yicha kechqurun aniq ma'lumot beriladi jamoa shifokorlari tomonidan.

- Maydon holati bo'yicha fikringiz?

- O'zbekistonga qish mavsumi kirib kelyapti. Juda ko'p maydonlarning holati yaxshi emas. Bu tabiatga bog'liq. Baribir mavsum tugayotgani hisobiga ko'p maydonlarimiz muammolarga duch keladi. Lekin shunga qaramasdan, "Istiqlol" stadionida barcha mehnat qilyapti, harakat qilishyapti yaxshi darajada ushlab turish uchun.

Farruh Sayfievga savol

- Farruh aka, necha yillardan beri ilk marta terma jamoaga chaqirilmadingiz. Ko'rib turibmizki o'tgan turda, yani mavsumning eng muhim o'yinlaridan birida 90 daqiqa o'ynab, ajoyib o'yin o'tkazdingiz. Terma jamoadan bu safar chaqiruv yana kutasizmi noyabrda? Oldinda Osiyo Kubogi ham bor.

- Terma jamoada kim o'ynashidan qati nazar, mehnat qilish kerak. Kim formada bo'lsa, o'sha o'ynashi kerak deb o'ylayman.

- Hozir formangiz yaxshi, ko'rdik, "Paxtakor"ga qarshi zo'r o'ynadingiz. Demak, chaqiruv kutasizmi?

- Murabbiyga bog'liq. Chaqiradimi-yo'qmi, murabbiy hal qiladi.

farrux sayfiev1.jpg

Farruh Sayfievga savol

- Islom Ismoilov ko'p marta ta'kidlab o'tyaptilar matbuot anjumanlarida: birinchi davra ancha oson kechgandi, yaxshi o'ynab, chiroyli g'alabalarga erishgandik, ochiq futbol ko'rsatgandik. O'tgan safar "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin aytdilarki: "Hozir ochko yo'qotyapmiz, jarohatlar bor, intensivlik oshgan, jismoniy jihatdan sal charchaganmiz", deb. O'shanda ham aytib o'tdilarki, mavsumning birinchi qismida himoyachilarimiz ham, masalan, bemalol uzun paslar bilan berib o'ynayotgandi. Hozir umumiy charchoq darajasi oshgani uchun himoyada ham xatolar kuzatilyapti, masalan, o'yin vaqtida oddiy 5 metr, 10 metrlik paslarda ham xato qilyapmiz, deb aytgandi. Umumiy, himoya chizig'i vakili sifatida fikringizni aytib o'tsangiz. Himoyada bosim yoki charchoq alomatlari sezilyaptimi?

- Men qo'shilmagan bo'lardim charchoq masalasiga. O'sha birinchi davrada yaxshi o'ynaganimiz, undan keyin sal pasayish bo'lganining sababi - jamoada 5-6 asosiy futbolchi jarohat olib safdan chiqib ketdi. O'sha bizga minus bo'ldi deb o'ylayman. Charchoq masalasida hech qanaqa muammo yo'q bizda.

Ўхшаш янгиликлар