iks
ads

MYU qishki transfer oynasi arafasida "Siti" futbolchisini ko'z ostiga oldi

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 13:56
  • 590
  • 30

"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasi arafasida "Manchester Siti"ning chap qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuriga bo'lgan qiziqishini tikladi.

"Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Africafoot xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, jazoirlik o'yinchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishga intilmoqda va shu sababli "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" o'tgan yozda ham Ait-Nurini o'z safiga qo'shib olishga uringan edi, biroq klublar kelishuv shartlari borasida murosaga kela olishmagan.

Joriy mavsumda Ait-Nuri barcha turnirlarda uchta o'yinda ishtirok etib, uchta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 mln evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар