iks
ads

Infantino: "Meni 211 ta milliy federasiya saylagan"

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 08:55
  • 1233
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino "Forward Enterprise" loyihasi atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirib, o‘z pozisiyasini himoya qildi.

Mazkur tashabbus xususiy kompaniyalarga yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, jahon chempionati bilan bog‘liq ayrim tijoriy faoliyatlarda ishtirok etish imkoniyatini berishni nazarda tutadi.

"Meni dunyoning turli mamlakatlaridan 211 ta a’zo assosiasiya saylagan. FIFA kabi yirik tashkilotda turli fikrlar va qarashlar bo‘lishi tabiiy hol, deb hisoblayman", — dedi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, Janni Infantino 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ўхшаш янгиликлар