
"Chelsi" yarim himoyachisi 71-daqiqada, hisob 0:0 bo'lib turganda, to'pni qasddan qo'li bilan ushlab olgan "shporlar" vakili Mateush Fernandeshni tizzasi bilan turtib yuborgani sababli dastlabki sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
80-daqiqada, hisob 0:1 paytida, bosh hakam Kris Kavana Palmerni Konor Gallaxerga nisbatan ishlatgan qo'pol foli uchun ikkinchi bor ogohlantirdi va maydondan chetlatdi.
"Palmer o'zini yo'qotib qo'ydi. Fernandesh bilan bo'lgan o'sha to'qnashuvdan bor-yo'g'i besh daqiqa o'tib bunday yo'l tutish - shunchaki ahmoqlik. U nima qilayotganini juda yaxshi anglagan holda, butsasining shiplarini oldinga chiqarib tashlanmoqda. Bu yomon usul. Xunnik, juda xunnik holat. U bunday narsalarni tushunadigan darajada etarlicha tajribaga ega.
Palmer buni nima uchun qildi? Bunday reakciyaning sababi tushunarsiz. Fernandesh qo'li bilan o'ynadi - bu yaqqol sariq kartochka edi. Palmerning xatti-harakati esa ahmoqona ko'rinmoqda. U o'ziga muammo tilab olmoqda", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi.