iks
ads

Neymar "Baiya" xavbeki Nestor bilan tortishuv vaqtida og'zini yopgani uchun maydondan chetlatildi

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 12:24
  • 1229
  • 30

"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya chempionati doirasidagi "Baiya"ga qarshi o'yinda (1:1) to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi tanaffus vaqtida raqib yarim himoyachisi Rodrigo Nestor bilan tortishuv paytida og'zini qo'li bilan to'sgani uchun jazolandi.

"Baiya" o'yinchisi Neymarning bu harakati haqida bosh hakamga ma'lum qildi. Referi esa VARga murojaat qilganidan so'ng, "Vinisius qoidasi"ni qo'llagan holda hujumchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Birinchi bo'limda ham Neymar sariq kartochka bilan jazolangan edi - bu holat ham Nestor bilan bog'liq vaziyatda yuz bergan.

"Vinisius qoidasi" JCH-2026 dan beri amal qilib kelmoqda va u hakamlarga raqib bilan tortishuv vaqtida og'zini qo'li bilan yopgan futbolchini maydondan chetlatish vazifasini yuklaydi.

Ushbu jazo chorasi CHL o'yini davomida "Real" vingeri Vinisius "Benfika" yarim himoyachisi Janluka Prestianni tomonidan irqchilik ruhidagi haqoratlarga nishon bo'lganidan so'ng kuchga kiritilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар