iks
ads

Neymar: "Mening eng yaxshi talqinim PSJda bo'lgan"

  • Mr.NoBoDy 25.10.2026 00:40
  • 8173
  • 30

"Barselona" va "PSJ" klublarining sobiq hujumchisi Neymar faoliyatidagi eng yorqin davr qaysi jamoaga to'g'ri kelishi haqidagi savolga javob berdi.

"Faoliyatimdagi eng yaxshi davr men klubga endigina kelgan paytimda, "Pari Sen-Jermen"da bo'lgan.

Bilaman, odamlar meni MSN [Messi – Suares – Neymar] triosi porlagan "Barselona"dagi o'yinlarim va jamoa bilan erishgan barcha yutuqlarim orqali eslashadi. Ammo, o'ylashimcha, Neymarning eng yaxshi talqini aynan "Pari Sen-Jermen"da namoyon bo'lgan.

U yerda men kuch, tezlik va intellektni o'zaro uyg'unlashtira oldim, shuningdek, maydondagi barcha detallarni payqashni o'rgandim. Men uchun bu faoliyatimdagi eng yaxshi davr edi", - dedi Neymar Davoo Xeneize blogerining YouTube kanalida e'lon qilingan videoda.

Ўхшаш янгиликлар