
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Yangi shartnoma 2030 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar amal qilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, sentyabr oyida Argentina futbol assosiasiyasi mutaxassisga yangi shartnoma taklif qilgan. Endi Skaloni ham bunga rozilik bergan. Tomonlarga faqat bitimning ayrim tafsilotlarini kelishib olish qoldi.
Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Jahon chempionati (2022), ikki marta Amerika kubogi (2021, 2024) va Finalissima (2022) musobaqalarida g‘olib chiqqan.