iks
ads

Tibo Kurtua "Real" bilan shartnomasini 2028 yilga qadar uzaytiradi

  • Mr.NoBoDy 19.10.2026 23:08
  • 540
  • 30

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua yaqin vaqt ichida Madridning "Real" klubi bilan yangi rasmiy bitim imzolaydi.

Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbariyati va 34 yoshli posbonning vakillari allaqachon to'liq og'zaki kelishuvga erishishgan.

Hozirda madridliklarning yuristlari va Kurtuaning tarafi shartnomaga imzo qo'yish uchun so'nggi hujjatlar bilan almashishmoqda. Belgiyalik futbolchining klub bilan tuzadigan yangi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Kurtua 2018 yilning avgust oyida Londondan "Chelsi"dan ko'chib o'tganidan beri madridliklar safida to'p surib kelmoqda. "Real" tarkibida belgiyalik posbon Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan va bir necha bor Ispaniya chempioni bo'lgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar