iks
ads

Ilyos Qurbonov: "Superligada ham bemalol murabbiylik qila olaman"

  • Mr.NoBoDy 19.10.2026 21:16
  • 1079
  • 30

Proliga 23-turdan o'rin olgan "FarDU" – "Metallurg" uchrashuvidan so'ng "Metallurg" jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda Bekoboddan shuncha yo'l bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ishqibozlarimiz jamoani yaxshi qo'llab turishdi. Safarda og'ir o'yin kechishini bilardik. "FarDU" yaxshi shakllangan jamoa, hujumkor futbol namoyish etadi. Menimcha, bu "FarDU"ning oxirgi 11-12 turdan beri ilk mag'lubiyati bo'lsa kerak. Raqibni yaxshi o'rganib chiqqandik, futbolchilarga kuchli-kuchsiz tomonlarini ko'rsatib bergandik. Negadir bizga ruhiy holat pand beryapti. Gol urib olganimizdan so'ng orqaga o'tib olyapmiz. Shuning uchun ikkinchi bo'limda to'pni raqibga berib qo'ydik. Yigitlarga rahmat, berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarib, shuning evaziga uch ochko oldik.

- Mavsumning ma'lum bir qismidan keyin jamoani qabul qilib oldingiz. Siz bilan tuzilgan shartnoma muddati va oldingizga qo'yilgan vazifa haqida?
- Ikkinchi davra start olib to'rt-besh tur o'tgach jamoani qabul qilib oldim. Hozircha mavsum oxiriga qadar sinov muddati asosida ishlayapman. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimiz kerak. Yil oxirida rahbariyat kim ishlash-ishlamasligini hal qiladi. Jamoaga kelganimdan beri hali mag'lub bo'lmadik. To'qqizta o'yinda maydonga tushgan bo'lsak, 8 g'alaba, bir durang qayd etdik. Buni yaxshi ko'rsatkich deb o'ylayman. Hammasi oson ketishining sababi Ilhom Ibragimovich Mo'minjonov paytida ham jamoada edim va yordamchi murabbiy bo'lib ishlab kelayotgandim. Shu bois jamoaga ko'nikish men uchun oson kechdi.

- Jamoada aynan nimani o'zgartirdingiz?
- Ikkinchi davra oldidan ham sifatli futbolchilarni taklif etdik. Birinchi davrada ham tarkibimiz kuchli edi, lekin ikkinchi davrada yanayam kuchaydik deb o'ylayman. Avvalo futbolchilarning ruhiyatini ko'tarishga, keyin esa jamoani birlashtirish ustida ish olib bordik. Bir jamoaga aylanganimiz o'yinlarda qo'l kelyapti. Jamoamiz ham maydonda, ham maydon tashqarisida juda ahil.

- Agar "Metallurg" Superligaga chiqsa, bosh murabbiydan Pro licenziyasi talab etiladi. Sizda Pro licenziya bormi?
- Hozircha menda yo'q. Menimcha, Superligada "A" licenziya bilan ham ishlasa bo'lsa kerak. O'qish niyatim bor, hujjat topshirganman, faqat kurslar boshlanishini kutyapman. O'ylashimcha, Superligada ham bemalol murabbiylik qila olaman. Sababi 2024 yil 6-7 tur qolganida jamoa o'zimga qolib ketgandi. O'shanda rahbariyat qo'ygan vazifani bajarib, Superligada jon saqlab qolgandik. Bu ham kichkina ish emas. Ancha paytdan beri jamoa ichidaman, ispaniyalik, chernogoriyalik murabbiylar bilan ishladim. Ular bilan ishlab ko'p narsa o'rgandim. Xullas, o'zimni Superliganing istalgan jamoasida ishlashga tayyor deb bilaman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar