
- “Oltin to'p”ning bo'lajak sohibi haqidagi fikrimmi? Men bu haqda avval ham aytganman va yana takrorlayman: Chempionlar Ligasidagi g'alaba hal qiluvchi ahamiyatga ega, shu sababli bu sovrin PSJ futbolchisiga nasib etishi shart.
Ha, bosh evrokubokni qo'lga kiritmagan ajoyib futbolchilar bor - Kilian Mbappe, Lamin Yamal, Maykl Olise... Ovoz beruvchilarning yakuniy tanlovini oldindan aytish juda qiyin, ammo shaxsan men uchun mukofotga hammadan ko'ra bevosita Parij vakili loyiq ekani aniq, - dedi Vitinya ParisSG INFOS manbasiga tayangan holda.