
Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.
Dinciplinar surishtiruv qarorida aniq ko'rsatilganidek, futbolchiga berilgan 30 kunlik cheklovning 19 kuni allaqachon o'talib bo'lingan. Shu sababli, Krishtianu Ronalduning diskvalifikaciyasi 30 oktyabr kuni yakuniga etadi va u Millatlar ligasi guruh bosqichining qolgan o'yinlarida maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu Millatlar ligasi 3-turidan o'rin olgan Daniyaga qarshi o'yin (4:2) oldidan bosh murabbiy Jorje Jezush hech qanday nizo yo'qligini takidlaganiga qaramay, terma jamoa qarorgohini tark etgan edi. Jorje Jezush hujumchi bilan yarashuv uchrashuvini o'tkazishga rozilik bergani ham ma'lum qilingan. Ushbu harakati uchun Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan futbolchiga 30 kunlik cheklov va 255 evro miqdorida jarima belgilangan edi.