
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun Proliga markaziy uchrashuvi maqomidagi o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Bahs qiziqarli kechdi, "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. To'p o'tkazib yuborganimizdan so'ng faqat hujumga o'tdik, afsuski gol ura olmadik. Gol urish borasida muammolarimiz ko'p, mashg'ulotlarda buning ustida ishlaymiz. Nasib qilsa oxirigacha kurashamiz, keyingi turlarda raqibmiz kim bo'lmasin "jang" taklif qilamiz. To'xtab qolish yo'q.
- Jamoa to'purari Bobur Farhodov dastlabki daqiqalarda markaziy himoyachi bo'lib harakat qildi. Shunga izoh berib ketsangiz.
- Bobur Farhodov ancha tajribali futbolchi, "Bunyodkor"da himoyachi sifatida harakat qilgan. Aksar futbolchilarimiz universal. O'yin payti rotaciya qilishimiz mumkin. Ko'rdingiz, Bobur keyinchalik hujumga o'tkazildi.
- Bahs asosan "FarDU" ustunligida kechdi. Raqibning bitta omadli to'p uzatishi golga aylanib shu bilan yutib ketdi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Savolingiz o'rinli. Bizga yakuniy nuqtani qo'yadigan futbolchi yetishmadi. Hujumchilarimiz - Farhodov, Rizaev - e'tibor bergan bo'lsangiz ancha sermahsul harakat qilishmoqda. Darvozaga zarba berish bo'yicha o'yinchilarimizning ko'rsatkichi yuqori. Sergey Lebedev ikkinchi davrada jamoani qabul qilib oldi, hozircha to'rtinchi oy ketyapti. Ustozim bilan kamchiliklar ustida ishlayapmiz. O'yin tomonlama futbolchilarga etirozimiz yo'q.
- "FarDU" keyingi ikkita turni "Yaypan" va "Lochin"ga qarshi o'tkazadi.
- Qarshi davlat universitetining "Lochin" jamoasi bilan kechadigan bahs biz uchun o'z nomi bilan universitetlar derbisi bo'ladi. Qiziq uchrashuv kechadi deb o'ylayman. "Yaypan" bilan esa Farg'ona derbisida maydonga tushamiz. Xullas bizni ikkita derbi kutyapti.
- Muxlislar haqida.
- Muxlislarga katta rahmat, bizni o'yin boshidan oxirigacha qo'llab turishdi. Ishqibozlarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun keyingi bahslarni yutishga harakat qilamiz. Jamoamiz nomidan "FarDU"ning barcha muxlislariga rahmat aytib qolaman.