
U bu haqda “L'Equipe” nashriga bergan intervyusida ta'kidladi.
"Bir katakda bittadan ortiq xo'roz bo'lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi. Futbolda asosiy ustuvorlik - jamoa. "Real" esa har doim katta nomli o'yinchilarni afzal bilgan. Fikrimcha, shu sababli ular har qanday ishonchni yo'qotishdi - aynan shuning uchun Peres Negreyra ishi bo'yicha yolg'onlarni tarqatib, o'zini oqlashga urinmoqda. Xulosa esa bitta - "Real" ikki yildan beri hech narsa yutmayapti!", – dedi Laporta.
"Barselona" La Ligada 8 turdan so'ng 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Real" esa 21 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.
"Barselona" Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida "Real"ni qabul qiladi. Uchrashuv 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.