
27 yoshli fransiyalik jurnal o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada ovozlarning 48,2 foizini to'pladi. Shuningdek, kuchli uchlikka PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh (11,9%) va uning jamoadoshi Xvicha Kvaratsxeliya (10,8%) ham kirdi. Top-5’likni Lamin Yamal (9,7%) va Usmon Dembele (7,5%) yakunlab berdi.
Mbappe 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.
“Onze d'Or” mukofoti Fransiyaning “Onze Mondial” jurnali tomonidan 1976 yildan beri topshirib kelinmoqda. Ushbu sovrinni eng ko'p Lionel Messi (4 marta), Zinedin Zidan va Mishel Platini (3 martadan) qo'lga kiritgan.