
Bu haqda “The Guardian” ma'lum qildi.
Ushbu qaror klub rahbariyati bilan maslahatlashuvlardan so'ng qabul qilindi. De Zerbi bunday tajribani avval "Marsel"da ham qo'llagan va uni muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.
"Gap jamoaga bosim o'tkazish haqida ketayotgani yo'q. Futbolchilarda erkin harakatlanish huquqi bor. Shunchaki kundalik ishlarga chalg'imasdan, vaqtni birgalikda o'tkazish kerak", – dedi De Zerbi.
"Tottenxem" 3 ochko bilan APL turnir jadvalida so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi. Londonliklar Angliya chempionatining 7-turi doirasida bugun, 19 oktyabr kuni o'z maydonida "Koventri"ni qabul qiladi.