iks
ads

Ivan Boshkovich: "Bir ochko ko'p narsani hal qilmaydi, lekin psixologik nuqtayi nazardan juda muhim"

  • Mr.NoBoDy 17.10.2026 02:08
  • 672
  • 30

Superliga 24-turidan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng Ivan Boshkovich ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi. Raqib kuchli edi, qanday futbol kutayotganimizni bilardik. Ular ko'p kurashishga, ko'p to'p oshirishlarga, uzun uzatmalarga va ikkinchi to'p uchun kurashga urg'u berishadi. Bizga ham ularning juda yaxshi bo'lgan himoyasini yorib o'tishga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda shunday vaziyat bo'ldiki, koncentraciyani yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik. Ammo ikkinchi bo'limda birinchi bo'limdagi xatolarimizni to'g'irladik deb o'ylayman, ayniqsa kutilmaganda amalga oshirilgan oddiy uzatmalar. Raqib darvozasi oldida ko'p marta oddiy uzatmalarni amalga oshira olmadik. Bu ustunlikdan foydalana olmadik. Ammo ikkinchi bo'limda koncentraciya yuqori darajada edi, yigitlar rejaga amal qilishdi, oxirigacha reja asosida intizom bilan o'ynashdi va unchalik yorqin bo'lmasa-da vaziyatlar yaratishdi. Ammo biz baribir o'yin tempini va vaziyatni nazorat qildik, standart vaziyatdan oxiri gol urib hisobni tenglashtirdik.

Natijadan ko'ra ko'proq narsa kutgan edim, bu ochko turnir jadvalida ko'p narsani hal qilmaydi, lekin psixologik nuqtayi nazardan juda muhim, biz yutqazmadik. Jamoa shakllangan, yigitlar o'z ishlarini qilishmoqda. Hamma biladiki biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz, men ham ulardan ko'proq narsa kutaman. O'yindan keyin ularga bu bizning darajamiz emasligini aytdim, lekin ishlashda davom etish kerak. Jamoada vazifani uddalash uchun mahorat va sifat bor deb o'ylayman", - deya gap boshladi Ivan Boshkovich.

- Sardor Rahmonov qanday jarohat oldi?

- Menimcha, muskuli cho'zildi, ko'ramiz. Umid qilamanki jiddiy hech narsa yo'q, lekin keyingi o'yinda uning ishtirok etishi so'roq ostida, tavakkal qilish qiyin bo'ladi. Ko'ramiz.

- Sardor Rahmonov keyingi o'yinda bo'lmaydi, lekin bugun markaziy himoyada majburiyatdan shunday bo'ldiki, 33 yoshli Rahmonov va legioner futbolchi. Bu ikki himoyachidan Lyupche Doriev qochib ketardi. Rahmonov o'rniga kimdir qaytsa asosiysi tarkib bilan barcha joylarga qaytib himoyalanishadimi?

- Rahmonov borasida ko'ramiz, oldindan bir narsa demayman. U biz uchun juda muhim futbolchi, uning tajribasi, mahorati o'yin sifatiga ta’sir qiladi. Lekin men bugun zaxiradan maydonga tushgan o'yinchidan ham qo'rqmayman, ular ham yordam berishdi, shunday bo'ldiki, u gol urdi. Bu ikki markaziy himoyachiga kelsak, men ularga shunchaki yaxshi futbol ko'rsatishlari uchun 3 yil kutish kerak emasligini aytdim. Ular malakali futbolchilar, agar ruhiy tomondan tayyor bo'lishsa, kurash ularda yakkama-yakka kurashlarda yaxshilanadi. Menimcha, ular yuqori darajada o'ynashga tayyor. Bugungi o'yin ham buni ko'rsatdi. Menimcha ular ham, boshqalar ham uddalashdi. Faqat maydonga tushadiganlar emas, hamma. Hattoki zaxirada yoki Toshkentda qolganlar ham. Futbolchilar sifati bor deb o'ylayman, biz o'zim talab qiladigan va "Bunyodkor" loyiq bo'lgan futbol o'ynashimiz uchun.

- Yana bir savol, misol uchun Krivokapichni olsak, maydonga tushdi, formasi uncha yaxshi emasligi ko'rinib turibdi, chunki harakatlanishi qiyin, kurashni boy beryapti, lekin o'z golini urdi. Umuman vaziyatlar uncha ko'p emasdi, ammo birinchi urinishda offsayd, ikkinchisida to'sin va tamom. Qachon u birinchi davradagi kabi o'z formasiga qaytadi?

- Ko'p vaqt o'tkazib yubordi, qariyb 40 kun va Pletnyov, menimcha hali optimal formaga tushib ulgurishmadi. Lekin biz ishlayapmiz. Muzaffar Olimjonov ham maydonga tushdi, jarohatdan keyin. Axmadjonov ham ko'p o'tkazib yubordi, u ham mashg'ulotlarda qatnashmadi. Shuning uchun boshqa futbolchilar sog'lom raqobatbardosh bo'lishlari muhim va bugun o'ynaganlardan ko'ra yaxshiroq o'ynay olishadi deb o'ylayman. O'z formasini o'yinlar va mashg'ulotlar orqali tiklab olishlari kerak.

- Yana bir savol, "sobiq futbolchi" tushunchasi bor, masalan siz 15 yil oldin futbol o'ynagansiz. Agar 16-17 yoshli ikki yigit o'ynaganda edi, ularni "eb" qo'ygan bo'lardingiz. Lekin hozir nafaqat O'zbekiston, butun dunyoga qarasak, 16, 17, 18 yoshli yigitlar maydonga tushib kattalardan umuman qo'rqishmayapti. "Barsa"da Yamal 19 yoshli...

- O'ylashimcha, bu individual holat. Mening fikrimcha, yoshlar hozir tezroq o'sishmoqda. Jismoniy jihatdan. Fikrlash va psixologiya bo'yicha ham o'ylaymanki, butun dunyo shunday, internet orqali ular tezroq ulg'ayishmoqda va rivojlanishmoqda, ko'proq ma'lumot olishmoqda va osongina yashira olishadi, oldin esa bizda bunday emasdi.

boshkovoich.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar