iks
ads

Futbolda sariq va qizil kartochkalar yo'qolib ketishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 21:40
  • 372
  • 30

Urugvayda futbol uchrashuvlari vaqtida intizomiy jazolarni qo'llashning yangi texnologiyasi sinovdan o'tkazilmoqda.

Mahalliy dasturchilar "Virtual kartochkalar" deb nomlangan qurilmani ishlab chiqishdi. Tashqi ko'rinishidan smartfonni eslatuvchi ushbu qurilma orqali hakam futbolchilarni ogohlantirishi yoki maydondan chetlatishi mumkin. Buning uchun u o'yinchiga ekrani sariq yoki qizil rangda yonuvchi qurilmani ko'rsatadi.

Qurilmadagi ma'lumotlar real vaqt rejimida futbol federatsiyasiga uzatiladi. Shuningdek, hakam avval bloknotiga qayd qilib borgan uchrashuvga oid turli ma'lumotlarni ham unga kiritishi mumkin.

Yangi texnologiya Urugvay Kubogi doirasidagi ikkita uchrashuvda sinovdan o'tkazildi. Hozircha yagona etiroz ekranning etarlicha yorqin emasligi bilan bog'liq - shu sababli hakam barcha ma'lumotlarni kiritishga ulgurmagan. Shunga qaramay, tajriba davom ettirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolda sariq va qizil kartochkalar 1970 yilda joriy etilgan. Rasmiy uchrashuvda birinchi sariq kartochkani germaniyalik hakam Kurt Chensher Meksika va SSSR terma jamoalari o'rtasidagi bahsda ko'rsatgan. Ushbu kartochkani olgan birinchi futbolchi esa SSSR terma jamoasi a'zosi Kaxi Asatiani bo'lgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar