
Superliga
24-tur
“Qo'qon-1912” – “Neftchi” 2:3
Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 19:00
Gollar: Toma Tabatadze (Shohruh Gadoev) 11’, Shahzod Akramov 50’ – Zoran Marushich (Asilbek Jumaev) 14’, Nurmuhammad Abdug'aniev 48’, Zoran Marushich 57’, Koffi Kouao (Abror Ismoilov) 86’
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Shohrux A'zamov, Aziz Isoqov
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Adhamjon Rixsiboev
Nazoratchi: Sultonbek Zaylobidinov
Komissar: Shohruh Said
"Qo'qon-1912": 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 8.Shota Gvazava (18.Muhriddin Pazildinov, 82), 10.Shohruh Gadoev, 15.Zafar Hakimov (4.Asliddin Toshtemirov, 62), 19.Shahzod Akramov (70.Shohruh Mahmudxojiev, 74), 20.Iqboljon Malikjonov, 21.G'ulomhaydar Gulyamov, 22.Toma Tabatadze (9.Javohir Husanov, 62), 71.Elbek Yo'lchiev, 99.Muhammadanas Hasanov (90.Akbar O'ktamov, 82).
Zaxira: 46.Hamzaxon Xo'jaev, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 44.Andro Giorgadze.
"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 8.Vladimir Yovovich (7.Abror Ismoilov, 64), 9.Xurshid G'iyosov (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 74), 11.Asilbek Jumaev (20.Anvar G'ofurov, 64), 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 74), 34.Farruh Sayfiev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratino.
Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 2.Izzatillo Po'latov, 27.Nurbek Sarsenbaev, 30.Rustambek Fomin, 71.Bilolxon Toshmirzaev.
Ogohlantirish: Shahzod Akramov (38).
Chetlatish: Nurmuhammad Abdug'aniev (59).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Zarba! Yo'ldoshevning zarbasidan keyin G'ofurov to'pni yo'l-yo'lakay fint bilan darvozaga yo'naltirdi, posbon o'z o'rnida!
88. Zarbaaa! Gulyamovning kuchli zarbasidan keyin to'p hoynahoy tribunadan ham o'tib ketgan…
86. GOL! Ismoilovning pasidan so'ng ichkariga kirib borgan Koffi Koauo bir himoyachini chalg'itib, zarba berdi va hisobni 2:4 ko'rinishiga keltirib qo'ydi!
84. Zarbaa! Yo'ldoshevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Perica darvozaga yo'naltirdi, noaniq.
82. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Gvazava o'rniga Pazildinov, Hasanov o'rniga O'ktamov maydonga tushdi.
80. Zarbaa! Hasanovning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
76. Zarbaa! Yo'ldoshevning o'ng oyoqda erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi.
75. Uuux! Ismoilovning pasidan keyin Perica erlatib xavfli zarba yo'lladi, sal noaniq.
74. “Qo'qon-1912”da o'zgarish: Akramov o'rniga Mahmudhojiev tushdi.
74. “Neftchi”da 2 ta almashtirish: Marushich o'rniga Perica, G'iyosov o'rniga Yo'ldoshev bahsni davom ettiradi.
70. Zarba! Gadoevning aylanma zarbasiga aniqlik yetishmadi.
69. Malikjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p ancha noaniq ko'rinishda ketdi.
64. “Neftchi”da 2 ta almashtirish: Jumaev o'rniga G'ofurov, Yovovich o'rniga Ismoilov bahsga qo'shildi.
63. Zarbaa! Gulyamovning jarima zarbasidan bergan kuchli zarbasini To'raev qaytardi!
62. “Qo'qon-1912”da 2 ta o'zgarish: Hakimov o'rniga Toshtemirov, Tabatadze o'rniga Husanov tushirildi.
59. “Neftchi” himoyachisi Nurmuhammad Abdug'aniev Yo'lchievni ochiqchasiga ushlab qoldi, bosh hakam buni so'nggi umid foli sifatida baholadi va uni chetlatdi.
57. GOL! Davronov Jumaevning olisdan yo'llagan zarbasini qaytardi, qaytgan to'pni Marushich darvozaga kiritdi - 2:3!
55. Kouao ancha masofadan oldinga yugurib keldi, biroq yakunda to'pni oldirib qo'ydi.
50. GOL! Akramov chap oyoqdagi kuchli zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi - 2:2!
48. GOL! Himoyachi Abdug'aniev o'ng oyoqdagi zarbasi bilan hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi!
46. Ikkinchi taym boshlandi!
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!
45+3. Zarba! Marushichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
43. Zarbaa! Vaziyat oxirida Odilovdan kuchli, ammo noaniq zarba.
42. Uuux! Yovovichning kalit pasidan so'ng Sayfiev o'ng oyoqda zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi. Dahshat pas!
39. Zarba! G'iyosovning akrobatik zarbasiga kuchsiz chiqdi va Davronov qiyinchiliksio' to'pni ilib oldi.
38. Akramov Marushichga nisbatan qoidani buzish va Jumaevga nisbatan agressiya uchun ogohlantirildi.
36. Yovovich bir nechta harakat orqali ichkariga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.
34. Zarbaaa! Yo'lchievning pasidan so'ng Shadoev xavfli, ammo noaniq zarba berdi.
32. Zarbaa! Alisher Odilov katta tezlikda ichkariga yorib kirdi va zarba yo'lladi, sal noaniq.
30. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi. Bosh hakam bahsni davom ettirish mumkinligini e'lon qildi.
28. Sayfievning pasidan so'ng G'iyosov ichkariga yorib kirdi va Hakimov uni “podkat” orqali yiqitdi. Kadrlardan ma'lum bo'lishicha, qoida buzilgan taqdirda ham G'iyosov ofsaydda bo'lgan ekan.
27. Abdug'aniev sherigi Marushichga yordam zarurligi uchun to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
25. Uuux! Odilovning yaqin masofadan bergan zarbasini Davronov qaytarishga erishdi. Qoyilmaqom seyv!
24. Jumaev jarima maydonchasi ichida Hakimov bilan to'qnashdi, ammo hakam hech narsa yo'qligini aytdi.
22. Koffi qanotdan oldinga ketayotgan Jumaevni to'p bilan taminlash ilinjida sal qattiq tepib yubordi…
20. Maydonda o'tirib olgan Shahzod Akramovga tibbiy yordam ko'rsatildi.
18. Zarba! Yo'lchiev bir qancha aldamchi harakatlarni amalga oshirib, chap oyoqda zarba berdi, To'raev o'z o'rnida!
17. “Neftchi” yana omadini hujumdan izlamoqda, biroq qo'qonlik himoyachilar mudofaada yaxshi turishibdi.
14. GOL! Jumaevning pasidan keyin hujumchi Marushich to'pni egalladi va kuchli zarbasi orqali darvozabonni ojiz qoldirdi - 1:1!
11. GOL! Gadoevning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Tabatadze bosh bilan to'p kiritdi - 1:0!
9. Zarbaa! Gadoevning zarbasidan keyin to'p Sayfievga tegib maydonni tark etdi.
7. Zarbaaa! Elbek Yo'lchievning kuchli zarbasini Akbar To'raev bartaraf etdi. Yaxshi seyv!
6. Zarba! Kouaoning olisdan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
4. Gadoev va Tabatadze bir-birlarini tushunmay qolishdi, Shohruh Gadoev to'pni qanot tomon uzatgandi, ammo u maydondan chiqib ketdi.
2. G'iyosovning erlatib bergan pasidan so'ng to'p Gvazavaga kelib tushdi va u to'pni uzoqlashtirdi.
1. O'yin boshlandi!