iks
ads

Kerrik Martines atrofidagi mojaroga oydinlik kiritdi

  • Mr.NoBoDy 17.10.2026 00:16
  • 312
  • 30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik himoyachi Lisandro Martinesning klub transfer siyosatiga bildirgan tanqidi va keyinchalik uzr so'rashi bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

Martines Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Atletiko" Madriddan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin klubning transfer siyosatiga tanqidiy munosabat bildirgan edi. Keyinchalik argentinalik futbolchi omma oldida uzr so'rab, xatosini tan oldi.

"Bu vaziyat ortda qoldi. Shunchaki shunday bo'lib qoldi. Lisandro bayonot berdi va vaziyatni tan oldi. Biz esa jamoa sifatida olg'a qarab harakatlanishda davom etdik. Jamoamiz uchun bu yerda hech qanday muammo yo'q.

Bugun ertalab juda yaxshi mashg'ulot o'tkazdik. Jamoadagi muhit ajoyib, futbolchilarning kayfiyati ham ko'tarinki.

Ehtimol, sizlarni qandaydir muzokaralar qanday kechgani qiziqtirayotgandir. Ammo aslida hammasi juda oddiy bo'ldi. Biz vaziyatni va uning mohiyatini tushunib etdik. Lisandro bayonot berdi va xato qilganini tan oldi. Tamom", - dedi Kerrik "Manchester Yunayted" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar