iks
ads

Anvar G'ofurov: "Ishonamanki, mehnatlarimiz albatta ijobiy natijalar bilan o'z aksini topadi"

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 23:32
  • 297
  • 30

Superliga 24-turdan o'rin olgan "Surxon" – "Xorazm" uchrashuvidan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Assalomu alaykum. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, har ikki jamoa ham ochko qo'lga kiritish uchun harakat qildi. Uchrashuv davomida etarlicha vaziyatlar yaratildi, biroq ayrim holatlarda futbolchilarimizga sovuqqonlik yetishmayapti, deb o'ylayman.

Yigitlarning ko'rsatgan o'yinidan etirozim yo'q. Ular yaxshi harakat qilishdi va etarlicha vaziyatlar yaratishdi. Ishonamanki, mehnatlarimiz albatta ijobiy natijalar bilan o'z aksini topadi.

Men futbolga biroz boshqacha qarayman. O'yinning surati, dinamikasi va yuzaga kelayotgan vaziyatlar muhim. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmayotganini tan olishimiz kerak.

Shu bilan birga, raqib jamoa ham yaxshi murabbiylar shtabi va malakali futbolchilarga ega. Ular so'nggi uchrashuvlarda ham yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Raqib jamoaga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

Bizni qo'llab-quvvatlash uchun Termizdan uzoq masofani bosib kelgan muxlislarimizga alohida minnatdorlik bildiraman. Ularning bizga bo'lgan ishonchi va qo'llab-quvvatlashi juda muhim. Biz ham muxlislarimiz uchun maydonda bor kuchimizni ishga solib, ijobiy natijalarga erishishga harakat qilamiz”, - dedi G'ofurov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar