
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yomon boshlamadik. Dastlabki 12-15 daqiqada ustunlik qildik. Balki Farg'ona jamoasiga uzoq muddatli parvoz ta’sir qilgandir. Chiroyli gol urdik. Hammasi yaxshi ketayotgandi. Darvozalarga jami oltita to'p kiritildi. Jamoamizda vaziyat oddiy emas. Raqbimiz oltin medallar uchun harakat qilmoqda. Biz esa komfort zonada emasmiz. Har bir o'yinni yutishimiz kerak. Afsuski, bugun o'xshamadi.
- Bugungi bellashuvda Javohir Sidiqov zaxiradan tushmadi, Silvanus Nimeli esa umuman qaydnomaga kiritilmadi.
- Nimeli borasidagi savolni yopiq qoldiraman. Inglizcha aytganda: No comment. Sidiqov borasida esa u hali kiyim almashtirish xonasida. Borib o'zidan so'rashingiz mumkin. Meni bilasizlar, matbuot bilan doim ochiq bo'lishga harakat qilaman. Lekin bazan yopiq bo'lishga to'g'ri kelyapti.
- Lekin siz bosh murabbiysiz, vaziyatdan xabardor bo'lishingiz kerak.
- Ha, to'g'ri men bosh murabbiyman. Lekin savolni futbolchining o'ziga berib ko'ring. Men bilmayman.