iks
ads

Shohruh Abdurahmonov: "Paxtakor" bilan o'yinda boshqacha ruhda maydonga tushamiz"

  • Mr.NoBoDy 16.10.2026 15:48
  • 234
  • 30

O'zbekiston Superligasining 24-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi arafasida “lochinlar”ning 27 yoshli yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov bo'lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Navbahor” va “Paxtakor” Superliganing muntazam ishtirokchilari hamda sovrindor jamoalari hisoblanadi. Shu bois mazkur klublar principial raqib hamda ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Albatta, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi va o'yin kurashlarga boy tarzda kechadi. Boisi, bunday bellashuvlar futbolchilarga o'zgacha motivaciya beradi hamda maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Bundan tashqari, jamoalar turnir jadvalida qo'shni bo'lgani, poytaxtliklar chempionlik, “Navbahor” esa sovrindorlar safidan o'rin olish uchun kurash olib borayotgani bois bo'lajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.

Biz ham mazkur o'yinda maydonga boshqacha ruh hamda ishtiyoqda tushib, g'alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo'llab-quvvatlab, g'alabamizga madadkor bo'lishlarini so'rab qolaman”, – dedi yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi ertaga Namangandagi “Markaziy” stadionida 19:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar