iks
ads

"Bavariya" "Augsburg" bilan bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

  • Mr.NoBoDy 10.10.2026 20:56
  • 1069
  • 30

Augsburgdagi beshuvshuv dramatik kechgan bellashuvda tomonlar murosaga kelishdi.

Germaniya Bundesligasi 2026/2027 yilgi mavsumining 5-turidan o'rin olgan "Augsburg" va "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi o'yin o'z nihoyasiga etdi. Yakuniy hushtak chalingach, hisobda 2:2 tenglik qayd etildi. Uchrashuv "VVK-Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Bahsda bremenlik Sven Yablonski bosh hakam sifatida ishladi.

Robin Fellxauer birinchi daqiqadayoq hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ismael Saybari 55-daqiqada mehmonlarning javob to'pini kiritdi. Rodrigu Ribeyru 64-daqiqada yana bir bor "Augsburg"ga ustunlik taqdim etdi. Nataniel Braun esa 81-daqiqada gol urib, myunxenliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Augsburg” - “Bavariya” 2:2

Gollar: Fellxauer 1, Ribeyru 64 - Saybari 55, Braun 81.

Ushbu bellashuvdan so'ng 8 ochko jamg'argan "Augsburg" Bundesliga turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi, 11 ochkoga ega "Bavariya" esa 2-pog'onadan joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар