iks
ads

AQSHda futbol ommaboplik bo'yicha xokkeyni ortda qoldirdi

  • Mr.NoBoDy 03.10.2026 15:56
  • 368
  • 30

JCH-2026 AQSHda futbolning ommabopligini sezilarli darajada oshirdi.

Bloomberg uchun sentyabr oyida o'tkazilgan Morning Consult so'rovnomasiga ko'ra, amerikaliklarning 46 foizi o'zini futbol muxlisi deb atagan. Bu JCH startidan sal avvalroq - may oyida o'tkazilgan shunga o'xshash tadqiqotdagidan 10 foizlik punktga ko'pdir.

Ushbu o'sish tufayli futbol ishqibozlar ulushi bo'yicha xokkeyni ortda qoldirdi va talabalar basketboli ko'rsatkichlariga yaqinlashdi. Tadqiqotda 2000 ga yaqin katta yoshli amerikaliklar ishtirok etdi.

Qiziqish eng ko'p zumerlar orasida ortdi - birdan 16 foizlik punktga. Endilikda ushbu yosh toifasi vakillarining 61 foizi o'zini futbolning faol yoki mo'tadil muxlisi deb ataydi. Bundan yuqoriroq ko'rsatkich faqat NBA (67%) va NFL (73%)da qayd etilgan.

O'sish boshqa ko'rsatkichlarda ham sezilarli. MLS ma'lumotlariga ko'ra, jahon chempionati yakunlangach, liga va uning klublari ijtimoiy tarmoqlarda jami 6 millionga yaqin yangi kuzatuvchiga ega bo'ldi, MLSning yoshlar dasturida bolalar ishtiroki esa o'tgan yilga nisbatan taxminan 40 foizga ortdi.

JCH-2026 finali AQSHda 62 milliondan ortiq tomoshabinni to'pladi - bu mamlakatda futbol o'yini uchun rekord ko'rsatkichdir.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar