Mbappe: "Zidan meni "Real"ga olib borgan edi, endi esa u terma jamoadagi murabbiyim - xuddi kinodagidek"

  • Mr.NoBoDy 22.09.2026 00:24
  • 1429
  • 30

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Zinedin Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Yangi murabbiy bilan yangi bosqich boshlanmoqda. Oldinda Millatlar ligasi - to'rtta o'yin bor, ular qanday o'tishini ko'ramiz. Bu hamma uchun yangi tajriba bo'ladi, chunki shu paytgacha biz faqat Deshamni bilar edik. Bizni o'zgarishlar kutmoqda, ammo o'ylashimcha, hammasi juda yaxshi kechadi.

Zidan meni “Real”ga - mashg'ulot bazasiga olib borgan edi, o'shanda 13 yoki 14 yoshda edim. Juda ko'p vaqt o'tdi. Endi esa u milliy terma jamoam murabbiyi. Bu xuddi film syujetiga o'xshaydi, ammo hammasi haqiqiy va eng yuqori darajada.

Fransiya terma jamoasi bilan yangi bosqichga qadam qo'ydik: Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda ikki yil bor va ayni paytda aynan shuning ustida ishlamoqdamiz", - dedi Mbappe.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar