RPL. "Rubin" 15-daqiqadanoq o'n kishi bo'lib qolgan SSKAni mag'lub etolmadi, O'rozov to'liq o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 13.09.2026 01:16
  • 3274
  • 30

RPL 8-tur doirasidagi SSKA - "Rubin" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik himoyachi Jahongir O'rozov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz 90+2 daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

O'yinning 6-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Ivan Oblyakov penaltidan hisobni ochdi. Moskvaliklar 15-daqiqada esa Mateus Reisning chetlatilishidan so'ng bir kishi kam bo'lib qolishdi. “Rubin” 58-daqiqada Anderson Arroyoning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

“Rubin” RPLda 8 o'yindan so'ng 11 ochko jamg'argan holda sakkizinchi o'rinda bormoqda.

2026-09-12 22.02.08.jpg2026-09-12 22.00.11.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar