"Astana" moliyaviy muammolar hal bo'lganini ma'lum qildi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2026 19:32
  • 722
  • 30

Qozog'istonning "Astana" klubi jamoa barqarorligiga salbiy ta’sir ko'rsatayotgan moliyaviy masalalarni hal qildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

"Astana" futbol klubi so'nggi paytlarda klub faoliyatining barqarorligiga ta’sir ko'rsatayotgan moliyaviy masalalar hal etilganini ma'lum qiladi", - deyiladi klubning Instagram sahifasida.

OAV va insayderlarning ma'lumotlariga ko'ra, "Astana" jiddiy moliyaviy inqirozga yuz tutgan va buning oqibatida asosiy tarkib o'yinchilari oldida qariyb 700 million tenge (taxminan 18 mlrd so'm) miqdoridagi uch oylik maoshdan qarzdorlik yuzaga kelgan edi. Uzoq vaqt davomida maoshlar to'lanmagani sababli, asosiy jamoa futbolchilari rahbariyatga jamoaviy xat yo'llab, Qozog'iston Premer-ligasining qolgan o'yinlarini boykot qilish bilan tahdid qilishgandi. Bunga javoban klub mamuriyati qarzdorlik mavjudligini rasman tan olgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar