"Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi jamoani tark etdi

  • Mr.NoBoDy 03.09.2026 08:56
  • 933
  • 30

"Benfika" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Klaudio Echeverrining transferini e'lon qildi.

Portugaliya klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi bilan ijara shartnomasi bir mavsumga mo'ljallangan bo'lib, keyinchalik uni sotib olish huquqini ham o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, Klaudio Echeverri o'tgan mavsumning birinchi yarmida ijara asosida "Bayer"da o'ynagan, mavsumning ikkinchi yarmini esa "Jirona" safida o'tkazgan edi.

Transfermarkt portali futbolchini 15 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар