
Superliga
19-tur
"Andijon" – "Xorazm" 1:0 (TUGADI)
Andijon. “Bobur Arena”. 19:00
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov, Husan Xudoyberdiev
Zaxira hakami: Abdurasul Qayumbaev
Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Komissar: Jalolxon Inog'omjo'jaev
Gol: Martin Boake (Bekzod Sulaymonov) 87
“Andijon”: 19.Artyom Potapov, 6.Aleksandre Andronikashvili, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (28.Bekzod Sulaymonov, 62), 9.Imeda Ashortia ( 17.Azizbek Turg'unboev,74), 11.Humoyunmirzo Iminov ( 10.Dragan Cheran,62) 14.Abdurahmon Komilov (2.Odilbek Abdumajidov, 84), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 77.Mahmudjon Mahamadjonov, 99.Rustam Turdimurodov (27. Martin Boake, 73)
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Shohmalik Komilov, 3.Doniyor Abdumannopov.
"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardorbek Azimov (17.Danil Nugumanov,64), 12.Maksim Shiryaev, 13.Elzio Lohan (8.Nodirbek Abduxoliqov, 80), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov (34.Suhrob Izzatov, 72), 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 90.Ulug'bek Hoshimov, 94.Rustam Abduhamidov, 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 3.Ravshanbek Sultanov, 6.Nurjahon Muzaffarov, 10.Rafael Tavares, 79.Aziz Axrorov, 88.Abror Xo'sinov.
Ogohlantirish: Nodirbek Abduxoliqov (“Xorazm”) 84
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
87. GOL. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida “Andijon” hisobni ochdi. Uzoq kutilgan golga Martin Boake mualliflik qildi. Andronikashvili to'pni Sulaymonovga, Sulaymonov jarima maydonchasi ichidagi Boakega uzatdi. Italiyalik hujumchi to'pni raqib darvozasiga kiritdi.
84. O'ZGARISH. “Andijon”, Komilov o'rniga Abdumajidov tushdi.
84. OGOHLANTIRISH. Nodirbek Abduxoliqov, “Xorazm”,
80 O'ZGARISH. “Xorazm”, Elzio Lohan o'rniga Nodirbek Abduxoliqov tushdi.
73. O'ZGARISH. “Andijon”, Xoldorxonov o'rniga Boake, Ashortia o'rniga Turg'unboev tushdi.
73. ZARBA. Andronikashvilining zarbasigan aniqlik yetishmadi.
72. O'ZGARISH. Sunnatilloh Hamidjonov o'rniga Suhrob Izzatov tushdi.
66. “Andijon”dan xavfli hujum. Umidjon Ergashev bu vaziyatda jamoasini qutqardi. Turdimurodov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
62. O'ZGARISH. "Andijon", Iminov o'rniga Cheran, Xoldorxonov o'rniga Sulaymonov
64. O'ZGARISH. "Xorazm", Azimov o'rniga Nugmanov tushdi.
54. “Andijon”ning hujumi keskin chiqdi. Burchak uzatmasidan so'ng vaziyat xavfli ko'rinish oldi.
48. Mezbonlar bo'limni faollik bilan boshladi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim yakunlandi.
36. ZARBA. “Andijon” futbolchisi Damir Temirovning kuchli zarbasini Umidjon Ergashev qaytardi.
31. To'p nazoratidagi ustunlik mezbonlarda.
26. Damir Temirovning zarbasi anchaa noaniq ketdi.
23. ZARBA. Sardorbek Azimov to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi, Rustam Abduhamidov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu yerda duelda Potapov g'olib chiqdi.
21. ZARBA. Mahmudjon Mahamadjonovning zarbasi xavfli ko'rinish oldi.
15. O'yinda temp yuqori emas. Darvozalar oldida vaziyatlar yo'q.
8. “Andijon”ning hujumlari zarbagacha borayotgani yo'q.
O'yinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.
Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!