"Chelsi" Enco Fernandesning ehtimoliy transferiga zaxira variantlarni topib qo'ydi

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 10:48
  • 645
  • 30

"Chelsi" o'z yarim himoyachisi Enco Fernandesning o'rniga to'rtta o'yinchidan iborat short-list tuzdi.

"talkSPORT" xabariga ko'ra, "Siti" Enconi ular tomonidan belgilangan 120 million funtlik narxda sotib olish dedlaynini o'tkazib yuborganiga qaramay, Fernandes bo'yicha taklif bilan chiqish niyatidan qaytgani yo'q.

"Chelsi" kutilmagan vaziyatda qolib ketishni xohlamaydi, shu sababli ilgari "Real" haqida orzu qilgan, ammo Madriddan taklif kutib ololmagan 25 yoshli argentinalik futbolchi bilan ehtimoliy xayrlashuvga oldindan tayyorgarlik ko'rmoqda.

Takidlanishicha, Fernandes sotilgan taqdirda "Chelsi" quyidagi to'rtta variantdan biriga murojaat qilishi mumkin: "Bornmut"dan Aleks Skott, "Kristal Pelas"dan Adam Uorton, "Roma"dan Manu Kone va "Real"dan Eduardu Kamavinga.

Dastlabki ikki futbolchi - Skott va Uorton Premer-ligada o'ynash tajribasiga ega bo'lgan o'yinchilar sifatida "Chelsi" uchun prioritet hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар