"Rubin" 90+4 daqiqadagi gol evaziga g'alabani qo'ldan chiqardi, O'rozov to'liq o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 25.08.2026 00:40
  • 1812
  • 30

Rossiya Premer-ligasining 5-turidan o'rin olgan Kaliningradning "Baltika" va Qozonning "Rubin" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Bahs Kaliningraddagi "Rostex Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda lyubercilik Aleksey Suxoy bosh hakam sifatida ishladi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 8-daqiqada "Rubin" hujumchisi Jak-Jyulen Sive ochdi. Hakam Aleksey Suxoy 64-daqiqada mezbonlar hujumchisi Chinonso Offor tomonidan urilgan golni hujumchi Brayan Xil "Rubin" darvozaboni Evgeniy Staverga nisbatan qoida buzgani sababli bekor qildi. 90+4-daqiqada himoyachi Sergey Varatinov hisobni tenglashtirdi.

Qozon klubiga o'tgan Jahongir O'rozov ushbu bahsda to'liq ishtirok etdi.

"Baltika" - "Rubin" 1:1

Gollar: Sergey Varatinov 90+4 - Jak-Jyulen Sive 8.

"Rubin": Staver, Rojkov, 13.Jahongir O'rozov, Vuyachich, Teslenko, Lobov, Arroyo, Ivu, Yukich, Xodja, Sive.

Zaxira: Nigmatullin, Korec, Maldonado, Nijegorodov, Ignatev, Kabutov, Yochich, Nacho, Kuznecov, Gripshi, Bezrukov, Motorin.

Ўхшаш янгиликлар