Andrey Shipilov: "Mayda detallar hammasini hal qildi"

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 22:24
  • 1617
  • 30

"Qo'qon-1912" hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing 19-tur o'yinidan (1:1) so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Andrey Shipilov: “Hammasini o'zingiz ko'rdingiz, bugun durangga munosib emas edik. Raqibimiz bizdan 2 kun ko'proq dam olgandi, shunga qaramay yigitlar juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Yigitlardan oxirigacha o'ynashni so'ragandim. Mayda detallar hammasini hal qildi. Raqibda bitta imkoniyat bo'ldi va uni golga aylantirishdi.

- Bitta vaziyat bilan ular durangga erishishdi. Bunday holatlarda darvozabon qanchalik jamoasini qutqarishi kerak?
- 100% qutqarishi kerak. O'yinning oxiri, hammamiz devor bo'lib turib olishimiz shart edi. Darvozabon esa to'pni qaytarishi. Diqqatni bir joyga jamlaydigan payt edi. Aytganimdek mayda detallar hammasini hal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар