Jiru Liga 1 tarixidagi eng yoshi katta futbolchilar kuchli beshligidan joy oldi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 19:16
  • 1154
  • 30

Fransiyalik faxriy hujumchi Olive Jiru Fransiya chempionatining boshlangan ilk turidayoq maydonga tushib, chempionat tarixidagi eng yoshi katta maydon o'yinchilari beshligiga kirdi.

Jiru nafaqat maydonga tushdi, balki uchrashuvdagi birinchi golni, yani “Lill”ning yangi mavsumdagi ilk golini urdi. Bu holat u 39 yosh-u 327 kunlik bo'lganida yuz berdi.

Liga 1’da faqat 4 nafar futbolchi undan ko'ra kattaroq yoshda maydonga tushgan. Ular: Rojer Kurtua - 44 yosh 4 kunlik, Benjamen Nive - 41 yosh 116 kunlik, Dante - 40 yosh 193 kunlik, shuningdek, Salvator Artigas - 40 yosh 76 kunlik.

Jiru “Lill” safida o'zining ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda.

Ўхшаш янгиликлар