APL “Liverpul” foydasiga berilgan penalti bo'yicha hakamlar suhbatini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 18:48
  • 679
  • 30

APLning 1-turidan o'rin olgan "Nyukasl” va “Liverpul” o'rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan 6-daqiqada hakam “hakkalar” darvozasi tomon penalti belgiladi.

Ushbu qaror Lyuis Hollning Daniel Munos bilan to'qnashuvidan so'ng qabul qilindi.

Mazkur vaziyat bo'yicha hakamlarning o'zaro muloqoti ijtimoiy tarmoqlardagi Premier League Match Centre akkaunti tomonidan e'lon qilindi.

Bosh hakam: “U to'pga o'ynamayapti. U ochiqchasiga “kontakt”ga kirishmoqda”.

VAR: “Bu tizza bilan sonning to'qnashuvi. Penalti belgilash qarorini tasdiqlaymiz”.

2.jpg

Yakunda 11 metrlik jarima zarbasini yarim himoyachi Dominik Soboslai amalga oshirdi. U o'z zarbasi bilan “Liverpul”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi, o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Ўхшаш янгиликлар