
Muzokaralar doirasida futbol bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga qaratilgan “Ikki mamlakat – bir chempionat” nomli maxsus davlatlararo dasturni hayotga tatbiq etish belgilab olindi.
Ushbu tashabbus har ikki davlat o'rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, yoshlar futbolini yangi bosqichga olib chiqish hamda nufuzli xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.