"Barselona"ning asosiy futbolchisi mavsumning birinchi rasmiy o'yinida jarohat oldi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 08:24
  • 160
  • 30

Tunda "Barselona" La Liganing 2-turi doirasida mehmonda "Elche"ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv Kataloniya jamoasining 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Biroq, o'yin kataloniyaliklarning murabbiylar shtabi va ishqibozlari uchun noxush yangilik bilan yakunlandi. Jamoa yarim himoyachisi Gavi uchrashuvning birinchi yarmidayoq jarohat sababli maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Xabar qilinishicha, xavbek o'ng tizzasida noqulaylik his qilgan - aynan shu tizzasida Gavi ilgari ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Futbolchining tiklanish muddatlari batafsil tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар