Mareska "Siti"ning 18 yillik rekordini yangiladi

  • Mr.NoBoDy 24.08.2026 07:56
  • 469
  • 30

"Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska "Bornmut"ga qarshi APL mavsumining ochilish o'yiniga so'nggi 18 yildagi eng yosh boshlang'ich tarkibini maydonga tushirdi.

"Siti"ning maydonga ilk daqiqalardan tushgan futbolchilarining o'rtacha yoshi 25 yosh va 28 kunni tashkil etdi.

"Opta" ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Siti"ning Premer-liga mavsumidagi birinchi o'yinida bundan ham yoshroq tarkibi oxirgi marta 2008/09 yilgi mavsumda Mark Xyuz davrida qayd etilgan edi - 22 yosh va 360 kun.

Ўхшаш янгиликлар