
28 yoshli futbolchi "Al-Qodisiya" bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 61 million evroni tashkil etadi.
Reynders o'tgan mavsumda "Manchester Siti" safida to'p surgan va APLning 28 o'yinida 5 gol hamda 2 assist qayd etgan.
Qizig'i, Reyndersning yangi jamoasi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida O'zbekistonning ikki klubi - "Neftchi" va "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi.