Leau Premer-liganing uchta klubiga taklif qilindi

  • Mr.NoBoDy 06.08.2026 10:48
  • 533
  • 30

Italiyaning "Milan" klubi vingeri Rafael Leau Premer-liganing uchta klubiga taklif qilindi, ulardan biri kutilmaganda "Lids" bo'lib chiqdi.

Leau hali iyun oyidayoq o'z faoliyatida "yangi chorlov"ni qabul qilish niyati borligini oshkora aytgan edi. Rafael agar eshigini Premer-liga klubi qoqadigan bo'lsa, "juda xursand" bo'lishini takidlagan.

Leauning Premer-ligada o'ynash istagi shu qadar kuchliki, Rafaelning manfaatlarini himoya qiluvchi agentlik o'z mijozining xizmatlarini bir qator Angliya klublariga o'zi taklif qilgan.

27 yoshli Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi taklif qilingan klublar sifatida jurnalist Ben Djeykobs "Manchester Yunayted", "Arsenal" va aynan "Lids" nomini keltirmoqda.

Djeykobsning takidlashicha, transferning qimmatligi sababli Leau Premer-ligaga o'tishga yaqin emas. Hozirgi vaqtda Rafaelning Turkiyaga yo'l olishi ehtimoli yuqoriroq, u yerda vingerni "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" o'z safida ko'rishni istamoqda.

Vinger bo'lishiga qaramay, o'tgan mavsumning katta qismini Leau markaziy hujumchi sifatida o'tkazdi va "Milan" tarkibida 31 ta o'yinda to'qqizta gol urib, uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar