Infantino JCH ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 20:11
  • 45
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatidagi ulushlarni xususiy investorlarga sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Times.

Loyiha FIFAning asosiy erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarini — Jahon chempionati va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqaradigan yangi kompaniya tashkil etishni nazarda tutadi.

Muhokamalar jarayonidan xabardor ikki manbaning ta’kidlashicha, ushbu loyiha bo‘yicha Donald Tramp administrasiyasiga yaqin shaxslar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. FIFA investisiya guruhiga Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning inisi — Joshua Kushner tomonidan asos solingan Thrive Capital kompaniyasi boshchilik qilishi kutilayotganini tasdiqladi.

FIFAga a’zo bo‘lgan 211 ta milliy assosiasiyaning har biri ham o‘z ulushiga ega bo‘ladi va ushbu ulushning qiymati taxminan 20 million dollarni tashkil etishi mumkin. Assosiasiyalar ushbu ulushni saqlab qolishlari yoki qo‘shimcha daromad olish uchun sotishlari mumkin bo‘ladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, o‘zining so‘nggi prezidentlik muddati tugaganidan so‘ng, hozirda 56 yoshda bo‘lgan Infantinoni yangi kompaniya komissari etib tayinlash rejalashtirilmoqda. Uning FIFA prezidentligiga muqobilsiz qayta saylanishi va 2031 yilgacha o‘z lavozimida qolishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар