Sherzod Hakimov: "Derbida murabbiylar taktikasi muhim ahamiyat kasb etadi"

  • Mr.NoBoDy 28.07.2026 18:24
  • 167
  • 30

"Neftchi" va "Navbahor" jamoalarining sobiq hujumchisi Sherzod Hakimov o'zbek futbolining eng shiddatli qarama-qarshiliklaridan biri - Vodiy derbisi oldidan o'z fikrlari va xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

​Bugungi o'yin haqida

​"Neftchi" va "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi bahslar har doim o'zining yuqori shiddati va murosasizligi bilan ajralib turgan. Bugungi uchrashuv ham bundan mustasno bo'lmaydi.

​Derbi taqdirini, eng avvalo, ikkala jamoa ustozlarining taktik salohiyati va maydondagi to'g'ri yurishlari belgilab beradi. Biroq shaxsiy taxminimcha, bugungi shiddatli to'qnashuvda "Neftchi"ning qo'li baland keladi.

​Buyuk jamoa safidagi unutilmas gol va Sarkisyan davri

​Tarixga nazar tashlab, faoliyatimdagi eng yorqin lahzalardan birini eslashni istardim. O'sha davrda o'zbek futbolining haqiqiy buyuk jamoasi tarkibida, jamoaning eng yosh a'zosi bo'la turib, azaliy raqibimiz "Navbahor" darvozasiga g'alaba golini urganman. Yosh futbolchi uchun o'z maydonidagi bunday muhim o'yinda g'alabaga munosib hissa qo'shish - tariflab bo'lmas baxt va sharaf edi.

​O'sha yillarda Yuriy Sarkisyan mustaqil O'zbekiston futbolining haqiqiy "qiroli" darajasiga ko'tarilgan edi. Tajribali murabbiyning har bir so'zi, bergan ko'rsatmalari futbolchilarga yoqardi.

Ўхшаш янгиликлар