
Bugun Sergey Tokov o'zining sobiq jamoasi "Surxon"ni mehmon qiladi. "Xorazm" shu kunga qadar Superliga doirasida 6 marotaba uyda termizliklar bilan kuch sinashgan va biror marotaba g'alaba qozonmagan, 4 durang va 2 mag'lubiyat.
Uchrashuvning yana bir ahamiyati shuki, ikki klub 26 yildan so'ng Urganchda uchrashadi. O'tgan mavsumdagi bahsga Olmaliqdagi OKMK stadioni mezbonlik qilgan edi.
1996. "Xorazm" - "Surxon" 0:1
1997. "Xorazm" - "Surxon" 1:1
1998. "Xorazm" - "Surxon" 0:0
1999. "Xorazm" - "Surxon" 2:2
2000. "Xorazm" - "Surxon" 1:2
2025. "Xorazm" - "Surxon" 2:2
Mazkur qarama-qarshilik soat 20:00 da start oladi.