
"Bunyodkor" – "Paxtakor" qarama-qarshiligi azaldan markaziy o'yin maqomida bo'lib kelgan. Maydonda bor kuchimizni berib o'ynadik. G'alaba qozonishga harakat qildik, ammo qaysidir vaziyatda biroz omad yetishmadi", – deydi Nosir Abdusalomov.
- Mavsum restartidan keyingi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat...
- Ruhiy tomondan tayyorlanish qiyin bo'lyapti. 6 oylab maosh olmaslik oson emas. Shunga qaramay, jamoa a'zolari o'z ishini sidqidildan bajarishga harakat qilishyapti.

- Bu "Bunyodkor"ning hozirgi bor salohiyatimi?
- Salohiyatimiz bundan ancha yuqori. Agar ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketilsa, kimdir klubga yordam bersa, bundan ham mazmunliroq o'yin ko'rsata olamiz.