"Buxoro" oxirgi marotaba "Andijon"ni safarda qachon mag'lub etgan?

  • Mr.NoBoDy 27.07.2026 14:56
  • 534
  • 30

Bugun Superliganing 14-turi doirasida "Andijon" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu ikki jamoa Superliga doirasida 52 marotaba to'qnash kelgan. O'zaro o'yinlarda ustunlik "Buxoro"da 21 g'alaba, 16 g'alaba "burgutlar"da, yana 15 ta bahsda tomonlar durangga imzo chekkan.

"Buxoro" oxirgi marotaba "Andijon"ni safarda 2016 yil mag'lub etgan. Keyingi 4 ta to'qnashuvda 1 ta durang, 3 bor maydon egalari 3 ochkoni o'ziniki qilgan. O'sha mavsumni "Buxoro" to'rtinchi o'rinda yakunlagan, "Andijon" Superligani tark etgan.

Superliga-2016. 20-tur

"Andijon" (Andijon) – "Buxoro" (Buxoro) 1:4

Hakamlar: V. Serazitdinov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi)

O'zPFL vakili: R. Chernikov

Gollar: Aziz Ibragimov 6, - 0:1 (Sanat Shixov). Vadim Chemirtan 29, - 0:2. Aziz Ibragimov 64, - 0:3. Dilshod Jo'raev 86, - 1:3. Aziz Ibragimov 89, - 1:4.

"Andijon": 1.Akmal Tursunboev, 4.Azamat Isroilov ( 60.Azamat Bobojonov, 35), 6.Ibrohim Otaxonov, 8.Elman Tagaev (17.Temur Vasilev, 63), 18.Farhod Bekmurotov, 19.Denis Ilesku, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 29.Obid Jo'raboev, 55.Dilshod Jo'raev, 89.Bobur Akbarov, 90.Pavel Smolyachenko (88.Andrey Bugnyak, 46).

Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 10.Anvar Berdiev, 21.Javlon Guseynov, 26.Baxtiyor Qosimov, .

"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 7.Suhrob Ne'matov, 11.Sanat Shixov (10.Shavkat Salomov, 63), 19.Jasur Hasanov (18.Bahodir Pardaev, 81), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Boburjon Omonov, 55.Shavkat Mullajonov, 61.Aziz Ibragimov, 70.Vadim Chemirtan (8.Salamat Qutiboev, 46), 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev.

Zaxira: 25.Shoxjahon Nasimov, 16.Artyom Filiposyan, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 93.Maksimilian Fomin.

Ogohlantirishlar: Bobur Akbarov 16, Ibrohim Otaxonov 42, Ruslan Melziddinov 73.

Ma'lumot uchun, uchrashuv 20:00 da "Bobur Arena"da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар