
Germaniyalik mutaxassis fransiyalik futbolchining o'tgan mavsumdagi o'yinidan va JCH-2026’dagi ishtirokidan norozi.
Jyul Kunde endi “Barselona” uchun “teginib bo'lmaydigan” futbolchi emas.
Ispaniya OAV xabariga ko'ra, kataloniyaliklar ustozi Xansi Flik fransiyalik himoyachining o'tgan mavsumdagi o'yin darajasidan hafsalasi pir bo'lgan. JCH-2026’dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok esa so'nggi zarba bo'ldi. Klubda futbolchini sotish varianti jiddiy ko'rib chiqila boshlandi.
“Barselona” rahbariyati - prezident Joan Laporta va sport direktori Deku Kunde bilan xayrlashishga tayyor.
Kataloniyaliklar himoyachini taxminan 50 mln evroga baholamoqda. Vaholanki, atigi 1 yil oldin klub futbolchi uchun kelib tushgan 70 mln evro atrofidagi taklifni rad etgandi.
Sotuvdan tushgan mablag'ni “Barselona” top-darajadagi markaziy hujumchi sotib olishga yo'naltirishni rejalashtirmoqda.