"Navbahor" va "BuxDU" klublariga transfer taqiqi qo'yildi

  • Mr.NoBoDy 25.07.2026 21:16
  • 523
  • 30

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qaroriga asosan, Namanganning "Navbahor" hamda Buxoroning "BuxDU" futbol klublariga nisbatan transfer taqiqi qo'llanildi.

Bunga har ikki klub tomonidan avval qabul qilingan qarorlarda belgilangan muddatlarda futbolchilar va boshqa jamoalar oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajarilmagani sabab bo'lgan.

O'FAning "Futbolchilar maqomi va transferi to'g'risida"gi Reglamenti 12bis-moddasi talablariga muvofiq, ushbu klublarga ketma-ket ikkita ro'yxatdan o'tkazish davri mobaynida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni O'zbekiston Professional futbol ligasida ro'yxatdan o'tkazish man etiladi.

Shu bilan birga, qo'mita klublarni belgilangan qarorlar ijrosini to'liq va o'z vaqtida taminlashga chaqirdi. Moliyaviy majburiyatlar belgilangan tartibda bajarilmagan taqdirda, jamoalarga nisbatan yanada og'irroq intizomiy sankciyalar qo'llanilishi mumkinligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Ўхшаш янгиликлар