Ursula fon der Lyayen Ispaniya terma jamoasini JCH-2026 g‘olibligi bilan tabrikladi

  • Mr.NoBoDy 20.07.2026 16:11
  • 69
  • 30

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Ispaniya terma jamoasini jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Ispaniyaliklar JCH-2026 final o‘yinida Argentinani mag‘lub etdi (1:0).

«Chempionlar! Tabriklarni qabul qil, Ispaniya! Yevropa sen bilan birga bayram qilmoqda», – deb yozdi fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq u jahon chempionati finaliga taklif olgani, biroq ish jadvali tufayli unga bora olmagani xabar qilingan edi.

Ўхшаш янгиликлар