
FIFA hakamlar qo‘mitasi raisi Pyerluidji Kollina 2026 yilgi jahon chempionati finaliga hakam tanlanishi borasida o‘z fikrini bildirdi. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni sloveniyalik hakam Slavko Vinchich boshqarib boradi.
«Har safar bu haqda gapirganimda badanim jimirlab ketadi. Men bu erkaklar va ayollar yillar davomida nimalar qilishganini, nimalarni qurbon qilishganini — jumladan, oilasi bilan o‘tadigan vaqtni fido qilishganini bilaman. Men Vinchichdan xuddi shunday reaksiyani kutgandim; o‘zim ham vaqtida aynan shunday tuyg‘ularni boshdan kechirganman.
Vinchich — ajoyib hakam; u finalga tayinlanganiga xuddi men 2002 yilda bo‘lganidek munosabat bildirdi… U go‘zal yo‘lni bosib o‘tdi. Men u uchun ham, bu yerda bo‘lgan boshqa barcha qatori xursandman; tanlov qilish oson bo‘lmadi», – deya Kollinaning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirmoqda.