Klinsmann JCH finali haqida: «Faoliyatingni yakunlaganingdan keyin ham seni aynan shu o‘yin tufayli eslashadi»

  • Mr.NoBoDy 19.07.2026 19:11
  • 237
  • 30

Germaniyalik sobiq hujumchi Yurgen Klinsmann jahon chempionati finalida ishtirok etishni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan tajriba deb hisoblaydi.

Klinsmann GFR terma jamoasi tarkibida final uchrashuvida Argentinani mag‘lub etib (1:0), JCH-1990 oltin medallarini qo‘lga kiritgan. Bugun argentinaliklar JCH-2026 finalida Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

«Ushbu uchrashuvning noyobligi shundaki, uning barcha ishtirokchilari bir narsani tushunishadi: bunday voqea hayotda faqat bir marta sodir bo‘lishi mumkin. Voqeaning miqyosi juda ulkan. Bu hamma — futbolchilar, murabbiylar, xodimlar va muxlislar orzu qiladigan narsa: o‘z mamlakatini jahon chempionati finalida ko‘rish.

Sen bunga tayyorgarlik ko‘rasan, butun turnirdan o‘tasan, yuqori kayfiyat va yaxshi tonusda bo‘lasan, chunki finalga chiqqan har ikki jamoa ham u yerga tasodifan kelib qolmagan. Jamoang uchun ishni oxirigacha yetkazish muhim: hayajonni yengish, muvozanat va xotirjamlikni saqlash, hatto ma’lum ma’noda sodir bo‘layotgan voqealardan zavqlanish kerak. Ammo buni aytish qilishdan ko‘ra osonroq.

Imkon qadar o‘yin rejasiga amal qilish va jamoa uchun o‘z vazifang bajarishing lozim... Sovuqqonlik va ichki muvozanatni saqlash zarur. Bu yerda ko‘plab omillar ishtirok etadi, lekin, qoida tariqasida, yakunda mahorat g‘alaba qozonadi.

G‘alaba qozonilgan lahzada sen sodir bo‘layotgan voqealarni oxirigacha anglab yetmaysan... Keyin kunlar va tunlar davomida to‘xtovsiz bayram boshlanadi. Haqiqiy anglash faoliyat yakunlanganidan keyin keladi: boshqa ishlar bilan shug‘ullanayotganingda, o‘sha finalni ko‘rgan odamlar seni umrbod aynan shu o‘yin tufayli eslab qolishlarini tushunasan.

Hatto boshqa mamlakatlardagi futbol muxlislari ham senga o‘sha lahzada qayerda bo‘lganliklari va nima ish qilayotganliklarini gapirib berishadi. Bu sen bilan bir umr qoladi — va jahon chempionatidagi g‘alabaning hayratlanarli xususiyati ham aynan shunda. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, u sening hayotingni o‘zgartiradi», — dedi Klinsmann.

Ўхшаш янгиликлар