Fransiyalik himoyachi yarim finaldagi xatosi uchun uzr so‘radi

  • Mr.NoBoDy 16.07.2026 19:33
  • 76
  • 30

Fransiya terma jamoasi qanot himoyachisi Lyuka Din JCH-2026 yarim finalida «uch ranglilar»ning mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fransuzlar Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Yevropaning amaldagi chempionlari ilk golni Din Lamin Yamalga nisbatan qoidani buzganidan so‘ng belgilangan penaltidan kiritishdi.

«O‘zimdan xafaman. Shuningdek, jamoam uchun, qilgan barcha sa’y-harakatlarimiz uchun va butun shu ajoyib jamoa uchun qayg‘uryapman. Shuningdek, bizni shaxsan qo‘llab-quvvatlagani kelganlar va Fransiya hamda dunyoning barcha burchaklarida biz uchun muxlislik qilganlar haqida o‘ylayapman. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz butun yo‘limiz davomida bizga yordam berdi», — deb yozdi Din ijtimoiy tarmoqlarda.

Didye Desham jamoasi Jahon chempionatining bronza medali uchun Angliya milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuniga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар